19 Yanvar 2023 yil 614

Ob-havoning sovuq kunlarida aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash holati o‘rganildi

Bugun, 19 yanvar kuni Buxoro viloyati IIB boshlig‘i Shuxrat Aliyev “Shoxrud” suv inshootida bo‘lib, sovuq ob-havo kunlarida inshootning barqaror ishlashini taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.

Maʼlumki, mazkur inshoot Buxoro shahri, Kogon shahri, Kogon hamda Buxoro tumanlarining bir qismida istiqomat qiluvchi 500 mingdan ortiq aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlaydi.

3 sektor rahbari tegishli masʼullar bilan noqulay ob-havo sharoitida inshootdagi suv rezervuarlarining muzlab qolishi holatlarini oldini olish, aholiga bir maromda toza ichimlik suvi yetkazib berish masalalarini muhokama qildi.

Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli mutasaddilarga topshiriq va vazifalar yuklatili.

Shuningdek kunning ikkinchi yarimda viloyat hokimi Botir Zaripov va sektor rahbarlari ko‘p qavatli uylar hamda ijtimoiy obyektlarning kish mavsumiga tayyorlik darajasi, kuzatilayotgan muammolar, Buxoro tumanida «MILMAXTRADE» korxonasi tomonidan tashkil etilayotgan Agroklaster markazi loyihasining qurilish jarayonlarini ko‘zdan kechirishdi.

Text to speech