4 Sentyabr 2023 yil 3889

Obod va xavfsiz mahalla — qo‘shma qaror doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi

Davlatimiz rahbarining tegishli topshirig‘iga asosan 2023 yil 30 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan “Obod va xavfsiz mahalla tamoyili asosida respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlarini belgilash to‘g‘risida”gi qo‘shma qaror imzolangan.

Mazkur qarordan kelib chiqib butun respublikada bo‘lgani kabi Buxoro viloyatida ham jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida keng ko‘lamli profilaktik tadbir olib borilmoqda.

Bugun, 4 sentyabr kuni Buxoro viloyati prokurori Maxmud Istamov hamda viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov huzurida Buxoro shahrida 10-son qo‘shma Qaror yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasi o‘tkazildi.

Muhokama yig‘ilishida Buxoro shahar sektor rahbarlari, prokuratura, ichki ishlar organlarining tegishli sohaviy xizmat vakillari, shuningdek, boshqa taalluqli tashkilot va idoralar masʼullari ishtirok etishdi.

Bunda, hududlarning kriminogen vaziyatiga taʼsir qilayotgan omillar shuningdek, kompleks yondashuv asosida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish, salmog‘i yuqori bo‘lgan jinoyatlarni oldini olishning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda maxsus kontingent bilan ishlash borasida so‘z yuritildi.

Shuningdek, mahallada faoliyat olib boruvchi “beshlik” vakillari mahalla raisi, profilaktik inspektori, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli hamda yoshlar yetakchisining uzviy hamkorligini yo‘lga qo‘ygan holda ish samaradorligi erishish zarurligi alohida taʼkidlandi.

Yig‘ilish so‘ngida  qaror doirasida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi.

Text to speech