11 May 2023 yil 377

“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida 3-sektorga qarashli G‘ijduvon tumanida keng qamrovli chora-tadbirlar olib borildi

Bugun 11-may kuni “Payshanba — Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari — JXX boshlig‘i podpolkovnik Jonibek Boltayev boshchiligidagi masʼullardan iborat ishchi guruh tomonidan 3-sektor hududiga qarashli G‘ijduvon tumanida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik hamda Yoshlar siyosati va sport vazirliklari tomonidan “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlariga doir qabul qilingan qo‘shma qaror ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan joyida tanishildi.

Jumladan, tumanning “Zarangari”, “Bobur”, “Bo‘lakiyon”, “Pomo‘za”, “Degrezon”, “F.Xo‘jayev”, “Chorsu”, “G‘alaba”, “nodirabegim”, “Gulistonobod” va “Tog‘ariyon” kabi mahallalarda bu borada “beshlik” vakillari, MFY raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli hamda profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilayotgan chora-tadbirlar birma-bir o‘rganildi.

Bunda, huquqbuzarlik sodir etishga moyil yoki huquqbuzarlikdan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslarga huquqiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy, pedagogik va boshqa turdagi yordamlar ko‘rsatish tartiblari batafsil tushuntirildi.

Text to speech