“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida navbatdagi o‘quv seminari Peshku tumanidagi mahallalar “beshlik” vakillari uchun tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik hamda Yoshlar siyosati va sport vazirliklarining shu 30-mart kunidagi qo‘shma qarori bilan “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlari belgilab berildi.
Ushbu qaror ijrosini taʼminlash maqsadida bugun, 5-may kuni viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari — JXX boshlig‘i podpolkovnik Jonibek Boltayev boshchiligidagi masʼullar ishtirokida Peshku tumanida mavjud 37 ta mahallaning “beshlik” vakillari, MFY raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli hamda profilaktika inspektorlari uchun navbatdagi o‘quv seminari tashkil etildi.
Bunda, huquqbuzarlik sodir etishga moyil yoki huquqbuzarlikdan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslarga huquqiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy, pedagogik va boshqa turdagi yordamlar ko‘rsatish tartiblari tushuntirildi.
Bu kabi o‘quv seminar mashg‘ulotlari Buxoro viloyatining barcha shahar va tumanlarida belgilangan grafik asosida davom ettiriladi.