15 Noyabr 2023 yil 1971

Shofirkon tumanida voyaga yetmagan yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi

Unda viloyat prokurori o‘rinbosari Bobur Kamolov, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Uktam Askarov, tuman hokimi Alisher Fayzilloyev, viloyat hamda tumani IIB tegishli sohaviy xizmatlari rahbarlari, maktab direktorlari va psixologlari, inspektor psixologlar, mahalla raislari hamda profilaktika inspektorlari ishtirok etdilar.

Muhokamada tuman hududida voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar hamda jinoyatlarga birma-bir to‘xtalinib, ularning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillar, masʼullar tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy tahlil qilinib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan profilaktik tadbirlar xususida tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida jinoyatchilikni oldini olish va unga imkon bergan sabablarni chuqurroq o‘rganish, bunday shaxslar tomonidan sodir etilgan har bir jinoyatga favqulodda holat sifatida qarash kerakligi taʼkidlandi.

Text to speech