Shofirkon tumanining Temirchi mahallasida joylashgan 24-son umumtaʼlim maktabining Yoshlar bog‘ida viloyat hokimi boshchiligidagi masʼul idora rahbarlari ishtirokida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi
Ushbu qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan muammo va murojaatlar alohida-alohida ko‘rib chiqildi.
Jumladan, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan 10 dan ortiq fuqarolarning sud-huquq sohasi hamda ichki ishlar organlari faoliyatiga doir murojaatlari tinglandi.
Asosiy eʼtibor aholining huquqiy savodxonligini oshirish, surishtiruv, tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergov jarayonlarida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish, shuningdek, tizimda kuzatilayotgan kamchiliklarni o‘rganish hamda tegishli choralar ko‘rishga qaratildi.
Qo‘shimcha o‘rganishni talab etgan murojaatlar ish yurituviga olinib, ijrosi yuzasidan manzilli chora-tadbirlar belgilandi.
Ichki ishlar organlari rahbarlarining bunday sayyor qabullari tasdiqlangan grafik asosida o‘tkazib borilishi belgilangan bo‘lib, vaqti va joyi to‘g‘risida viloyat Ichki ishlar boshqarmasining rasmiy axborot platformalari orqali aholiga o‘z vaqtida maʼlumot berib boriladi.