O‘g‘irlik sodir qilgan maktab o‘quvchisi ushlandi
2023 yil 10 mart kuni soat 16:07 larda nomalum shaxs Buxoro shahar “Navoiyshoh” ko‘chasi hududida joylashgan “Aynimo” nomli kiyimlar sotish uchun mo‘ljallangan savdo do‘konida kiyim almashtirish uchun mo‘ljallangan maxsus xonasidan bir fuqaro tomonidan qarovsiz holda qoldirilgan shimining cho‘ntagidan 400.000 so‘m miqdoridagi pullarni o‘g‘irlagan.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIOFMB tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor-texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni, Buxoro shahrida yashovchi, 2006 yilda tug‘ilgan Buxoro shahardagi 10-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabi o‘quvchisi R.A. sodir qilganligi aniqlangan.
Hozirgi kunda ushbu shaxsning boshqa xuddi shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.