Ogoh bo‘ling, Avtomashinangizni eshiklari ochiq yoki qo‘riqlanmaydigan joylarda salonida pul, hujjat yoki boshqa turdagi qimmatbaho buyumlar bilan birgalikda qarovsiz qoldirmang!
Nomaʼlum shaxs Gʻijduvon tumani «Sharq» mahallasi YU.Hamadoniy koʻchasida turgan Navoiy viloyati Zarafshon shahar «Yoshlik» mahallasida yashovchi boshqa bir fuqaroga tegishli boʻlgan «Damas» rusumli avtomashinaning qarovsiz qoldirilganligidan foydalanib, salonidan 12.800.000 soʻm pullarini oʻgʻirlab ketgan.
Mazkur holat yuzasidan nomaʼlum shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, olib borilgan tezkor texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni, tumanning «Degrezon» mahallasida yashovchi, 1967-yilda tugʻilgan B.B. ismli shaxs sodir qilganligi aniqlandi.
Hozirda ushbu shaxsning boshqa xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Shu oʻrinda, fuqarolardan shaxsiy mol-mulklarini, ayniqsa avtomashinaning eshigini ochiq holatda, qoʻriqlanmaydigan joylarda qarovsiz qoldirmasliklarini, bu bilan oʻgʻirlik uchun oʻzlari imkon yaratib bermasliklarini soʻrab qolamiz!