4 Avgust 2023 yil 615

O‘g‘rilik jinoyati "Reks" laqabli xizmat itining ko‘magi bilan fosh etildi

2023 yilning 8 iyun kunidan 9 iyun kuniga o‘tar kechasi nomaʼlum shaxs o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Olot tumani “Xalifa” mahallasida yashovchi 1993 yilda tug‘ilgan Ya.D.ning uyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, u yerdan bahosi 400 AQSH dollari bo‘lgan “Neksiya” rusumli avtomashinaning ehtiyot qismlarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa sodir bo‘lgan joydan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Qorako‘l tumani IIB tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Olot tumani Halqobod mahallasida yashovchi 2009 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan N.M. hamda 2007 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan NJ.lar oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib sodir qilganliklari tumani IIB xodimlari tomonidan viloyat IIB JXX JTSB kinologiya xizmati hisobida bo‘lgan “Reks” laqabli xizmat iti yordamida fosh qilingan.

Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Text to speech