OIV infeksiyasini yuqtirib olgan shaxs o‘zganing hayotini ham barbod qildi
Buxoro tumanida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan shaxs, 2020 yil 19 oktyabrda Buxoro viloyati OITS ga qarshi kurashish Markazi tomonidan OIV infeksiyasini yuqtirib olgan shaxs sifatida ro‘yxatga olinib, OIV infeksiyasini qasddan yuqtirganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 113-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida ogohlantirilgan bo‘lishiga qaramasdan, bir ayol bilan 2020 yil 15 oktyabr kunidan boshlab hozirgi kunga qadar o‘zi istiqomat qiladigan uyida himoya vositalarisiz jinsiy aloqada bo‘lib kelib, ushbu ayolga OIV infeksiyasini yuqtirish xavfi ostida qoldirgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 113-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.