9 Mart 2023 yil 813

OIV infeksiyasini yuqtirib olgan Sirdaryolik ayol bir nechta fuqarolarning hayotini barbod qildi

Sirdaryo viloyatida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan M.S. ismli ayol 2020 yil 13 fevralda Sirdaryo viloyati OITSga qarshi kurashish markazi tomonidan OIV infeksiyasi yuqtirib olgan shaxs sifatida ro‘yxatga olinib, unga boshqa shaxslarga OIV infeksiyasini yuqtirgan taqdirda jinoiy javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida tegishli tartibda ogohlantirilgan bo‘lishiga qaramasdan, u qasddan jinoyat sodir qilish yo‘liga o‘tib, 2022 yil avgust oyidan 2022 yil dekabr oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida Buxoro tumani hududida joylashgan cho‘l zonasida 4 nafar fuqarolar bilan birga bir necha marotaba jinsiy aloqada bo‘lib, o‘zida OIV infeksiyasi borligini oldindan bilgan holda ushbu kasallikni boshqa shaxslarga yuqtirish xavfi ostida qoldirgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi J.K.ning 113-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech