20 Fevral 2023 yil 504

Oliygoh hojatxonasidan o‘g‘irlangan telefon topildi

2023 yil 28 yanvar kuni soat 15:05 dan soat 15:20 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida nomaʼlum shaxs, Buxoro shahar M.Iqbol ko‘chasida joylashgan Buxoro Davlat Universitetining maʼmuriy binosi hovlisidagi hojatxonada Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yashovchi, fuqaro tomonidan qoldirilgan ayollar sumkasi ichidan bir dona bahosi 1.800.000 so‘mlik «RedMI-9» rusumli telefon apparatini yashirin ravishda o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan texkor-texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni, Buxoro shahar Sheyxon ko‘chasida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan I.M. sodir qilganligi aniqlangan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Text to speech