7 Yanvar 2023 yil 713

Olot chegara bojxona posti orqali “Marixuana” giyohvandlik vositasini kontrabanda yo‘li bilan olib kirishga uringan chet el fuqarosi ushlandi

2023-yil 3-yanvar kuni Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining "Olot chegara bojxona posti" xodimlari tomonidan postning avtotransport vositalarini nazoratdan o‘tkazish joyi orqali “Turkiya–O‘zbekiston” yo‘nalishida harakatlanib kirib kelgan, Turkiya fuqarosi boshqaruvidagi «Meresedes-Bens» rusumli yuk avtomashinasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida maʼlum qilinmagan, mazkur avtotransport vositasi kabinasining haydovchi tomon oyoqlari ostidagi gilam tagida oq qog‘ozga o‘ralgan tamaki mahsuloti bilan aralashtirilgan giyohvandlik o‘simligi xashagiga o‘xshash modda bo‘laklari borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish maqsadida tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Buxoro viloyat IIB Ekspert kriminalistika markazining sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra avtomashina kabinasidan olingan oq qog‘ozga o‘ralgan tamaki mahsuloti bilan aralash holda bo‘lgan modda “Marixuana” giyohvandlik vositasi bo‘lib, sof vazni 0.26 gramm ekanligi maʼlum bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech