Olot tumani: Chorva mol o‘g‘risi ushlandi
Tuman Ichki ishlar bo‘limi tomonidan berilgan maʼlumotga ko‘ra, 2023 yilning 10 fevralidan 11 fevraliga o‘tar kechasi nomaʼlum shaxs, Olot tumani Soyinqorovul mahallasida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash uyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, uning molxonasidan bir bosh bahosi 2.000.000 so‘mlik qo‘yini o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni tumanning Xidreyli mahallasida yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan v.E ismli shaxs sodir qilganligi fosh etilib, ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Hozirgi kunda ushbu shaxsning fosh etilmasdan qolayotgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini aniqlashga qaratilgan tezkor hamda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.