18 Mart 2023 yil 487

Olot tumanida noqonuniy mayning uskunalarini ishlatib kelgan fuqaro fosh etildi

Olot tumani Buyuk ipak yo‘li ko‘chasida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan  G‘.B. noqonuniy ravishda o‘z boshimchalik bilan elektr energiya tarmog‘iga ulanib, tuman ETK bilan shartnoma tuzmasdan 6 dona mayning uskunalarini ishlatib kelib, tuman ETKga jami 38,9 mln. so‘m miqdorida zarar yetkazganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK. ning 185/2-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech