Olot tumanida yerni noqonuniy egallash holati aniqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosi yuzasidan Olot tumani hududidagi qishloq xo‘jaligi yerlari xatlovdan o‘tkazilganida bir qator qonun buzilish holatlari aniqlandi.
Jumladan, Olot tumani Denov mahallasida yashovchi 1992 yilda tug‘ilgan M.R. shu mahalla hududidagi viloyat hududiy «Agropilla» MCHJ balansida bo‘lgan, qishloq xo‘jaligi xaritasining 913-konturidagi 45 ball banitetli jami 0,07 gektar sug‘oriladigan yer maydonini qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda, o‘zboshimchalik bilan egallab olib, 2022 yil sentyabr-oktyabr oylarida ushbu yer uchastkasining 0,035 gektar qismida uy-joy qurish maqsadida tuproq ishlari bajarganligi va 300 M.kv. maydonida qurilish ishlarini amalga oshirganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 229/1-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.