26 Iyul 2024 yil 1613

Olot tumanining uyushmagan yoshlari o‘rtasida "Sportning voleybol turi bo‘yicha Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i kubogi" musobaqasi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining“Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining tegishli buyrug‘iga asosan Olot tumanida istiqomat qilib kelayotgan uyushmagan yoshlar o‘rtasida sportning “Voleybol” turi bo‘yicha boshqarma boshlig‘i kubogi musobaqasi o‘tkazildi.

Ushbu musobaqani o‘tkazishdan asosiy maqsad, yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, o‘zaro do‘stona munosabat va aholi salomatligini mustahkamlash, yosh avlodni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, shuningdek, mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirishdan iborat.

Bugungi kunda davlatimiz ijtimoiy siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri ham aynan ommaviy sport o‘yinlarini rivojlantirish orqali aholi salomatligini mustahkamlash, yosh avlodni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishdir.

Sport yuksak madaniyat, vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishda ham muhim o‘rin tutib, bu sohada erishilgan yutuqlar mamlakatni dunyoga tanitadi va barchamizga g‘urur-iftixor bag‘ishlaydi.

Yurtimizda “Voleybol” sport turini rivojlantirish va yoshlar o‘rtasida keng  ommalashtirish maqsadida O‘zbekiston Voleybol Federatsiyasiga ichki ishlar vazirining rahbar etib tayinlanishi, ushbu soha rivoji uchun dadil qadam bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Olot tumanida o‘tkazilgan ushbu musobaqa keskin va murosasiz bahslarga boy bo‘lib, yakuniy natijalarga ko‘ra faxrli 3-o‘rinni “Bo‘ribek chandir” mahallasi, 2-o‘rinni “G‘anchi chandir” mahallasi yoshlari egallagan bo‘lsa, shohsupaning eng baland pog‘onasini “Bo‘ston” mahallasi yoshlari qo‘lga kiritdi.

Musobaqaning g‘olib va sovrindorlari viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Akbar Ikromov tomonidan maxsus kubok bilan taqdirlandi.

Text to speech