Olotda avtomashinaning “taksi” logotipi tushirilgan jihozini o‘g‘irlagan shaxs fosh etildi
Olot tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan berilgan maʼlumotga ko‘ra, nomaʼlum shaxs 2023-yilning 27-aprel kuni taxminan soat 12-00 dan 12-30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida, Olot tumani “Maʼrifat” mahallasi hududida joylashgan tuman tibbiyot birlashmasiga kirish darvozasi oldida qarovsiz qoldirilgan Olot tumani Nonimas mahallasida yashovchi, 1963-yilda tug‘ilgan N.Sh. ga tegishli “Matiz” rusumli avtomashinaning ustki qismiga o‘rnatilgan bahosi 200.000 so‘mlik, yo‘nalishsiz yo‘lovchi tashuvchi avtomashinalar belgisini ko‘rsatuvchi “shaxmat” belgili maxsus jihozini yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan kelib tushgan xabar asosida Olot tumani IIB tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Koleksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Olot tumani “Jayxunobod” mahallasida yashovchi, 1989-yilda tug‘ilgan X.B. ismli shaxs sodir qilganligi fosh etildi.
Hozirgi kunda ushbu shaxsning boshqa xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.