7 Iyun 2023 yil 485

Olotda bir necha fuqarolarni chuv tushirgan yana bir shaxsga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Tuman Ichki ishlar bo‘limi tomonidan berilgan maʼlumotga ko‘ra, Olotning “Bunyodkor” mahallasida yashovchi, 1991-yilda tug‘ilgan R.D. ismli shaxs 2019-yilning 12-oktyabr kuni Romitan tumani “Hasanobod” mahallasida yashovchi, 1967-yilda tug‘ilgan tanishi Q.B.ning o‘ziga bo‘lgan ishonchini suiisteʼmol qilib, Toshkent viloyati Olmaliq tumanida katta qurilish ishlarini boshlaganligini aytib, uni aldab, 200 mln. so‘m mablarg‘larini qo‘lga kiritib, pullarni qaytarib bermasdan kelgan.

Shuningdek, u jinoiy harakatlarini davom ettirib, 2019-yilning 14-oktyabr kuni mahalladoshi B.L. ni ham aldab, pul zarurligini aytib, go‘yoki Buxoro shahar I.Mo‘minov ko‘chasida qurayotgan ko‘p qavatli uylaridan birining 1-qavatidan savdo do‘konini arzon narxda sotishni vaʼda berib, dastlab 200 mln. so‘m, keyinchalik yaʼni 2020 yilning mart oyida plastik kartasidan 90 mln. so‘m pullarni o‘tkazib olishga erishib, qo‘lga kiritilgan umumiy summadan 10.000 AQSH dollarini qaytarib, qolganini bermasdan firibgarlik jinoyatini sodir qilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda ushbu shaxsdan jabrlangan boshqa fuqarolar ham bor yoki yo‘qligini aniqlashga qaratilgan tezkor surishtiruv hamda terggov harakatlari davom ettirilmoqda.

Text to speech