3 Iyun 2023 yil 513

Olotda chorva mol o‘g‘risi qo‘lga tushdi

Olot tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan berilgan maʼlumotga ko‘ra nomaʼlum shaxs 2023-yil 17-may kuni soat taxminan 21:00 dan 22:30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida, o‘zganing mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilib, tekin boylik orttirish maqsadida, tumanning “Yoshbotir” mahallasida yashovchi 1981-yilda tug‘ilgan fuqaro B.H. ning qo‘yxonasiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, bahosi 2.000.000 so‘mlik bir bosh qo‘chqorini o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tezkor texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Olot tumani Yoshbotir mahallasida yashovchi, 2002-yilda tug‘ilgan M.J. ismli shaxs sodir qilganligi aniqlandi.

Ushbu shaxsning boshqa xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Text to speech