17 Iyun 2023 yil 494

Olotda qoramol o‘g‘risi fosh etildi

Olot tumani IIB tomonidan berilgan maʼlumotga ko‘ra, 2023-yil 28-may kuni ertalab taxminan soat 07:00 larda nomaʼlum shaxs tumanning “Katta Bayot” mahallasida yashovchi boshqa bir fuqaroga tegishli bo‘lgan, ushbu mahallaning cho‘l hududida o‘tlab yurgan bir bosh bahosi 4.000.000 so‘mlik qoramolini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketgan.

Mazkur holat yuzasidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tezkor texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni jabrlanuvchining mahalladoshi 1975-yilda tug‘ilgan J.Sh. ismli shaxs sodir qilganligi aniqlandi va hozirgi kunda uning boshqa xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlashga qaratilgan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Text to speech