4 Aprel 2023 yil
684
Olotda qo‘shnilar o‘rtasidagi kelishmovchilik og‘ir oqibatli jinoyatga sabab bo‘ldi
Olot tumani “Salaqoroqul” mahallasida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan H.J. 2023 yil 5 mart kuni soat 15:30 larda o‘z yashash xonadonining old tomonida joylashgan tomorqa yerida qo‘shnisi 1974 yilda tug‘ilgan Ya.X. bilan tomarqa chegarasi masalasida tortishib, kelishmovchilik natijasida janjallashgan. Ushbu janjal vaqtida Ya.X. ni urib sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, qasddan badanga og‘ir tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.