9 Mart 2023 yil 481

Olotlik ko‘cha bezorisi qonun oldida javob beradi

2023 yilning 11 fevral kuni soat 19:30 larda Olot tumani Chorbog‘ mahallasida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan F.O. mast holda tumanning Bunyodkor mahallasidan o‘tuvchi yo‘lda jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan bir fuqaro bilan janjallashib, janjal vaqtida unga o‘rtacha og‘ir darajadagi shikast yetkazib, bezorilik jinoyatini sodir qilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi J.Kning 277-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech