“OLX” onlayn savdo platformasida firibgarlik yo‘li bilan fuqarolarni chuv tushirgan ustomon ushlandi
Vobkent tumani Quruvchi mahallasida yashovchi, B.Sh. otasining uyali aloqa apparati orqali internet tarmog‘idagi “OLX” onlayn savdo platformasiga kirib, o‘ziga tegishli velosipedini sotish maqsadida eʼlon bergan. Shundan so‘ng unga notanish raqamdan nomaʼlum shaxs qo‘ng‘iroq qilib mazkur saytda uning eʼlonini ko‘rganligini hamda uning velosipedini 600.000 so‘mga sotib olishligini bildirib, B.Sh.ga mazkur pulni uning plastik karta hisob raqamiga o‘tkazib berishini vaʼda qilib, undan onasining plastik karta raqamini olishga erishib, plastik karta hisob raqamidan 1.600.000 so‘m miqdordagi pullarni yechib olib, firibgarlik jinoyatini sodir qilgan.
Mazkur holat yuzasidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Toshkent viloyati O‘rta-Chirchiq tumanida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan A.A. sodir qilganligi fosh etilgan.
Hozirgi kunda ushbu shaxsning sodir etilib, fosh etilmasdan kelayotgan xuddi shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.