Ommaviy tadbirlarni o‘tkazuvchilar diqqatiga!!!
O‘zbekiston Respublikasida ommaviy tadbirlarni tashkil etishda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash vazifasi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyasi organlariga zimmasiga yuklatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 29 iyuldagi “Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 205-sonli va 2024 yil 13 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash hamda jamoat tartibini saqlash tizimini yana-da takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 89/12-sonli hamda 2024 yil 12 sentyabrdagi “Ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash, jamoat tartibini saqlash va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olishga doir chora-tadbirlarni kuchaytirish to‘g‘risida”gi 569-sonli qarorlar talablari ijrosini joylarda to‘g‘ri bajarilmayotganligi oqibatida, fuqarolarning to‘planishi bilan bog‘liq har qanday ko‘rinishdagi tadbirlarning tashkilotchilari tomonidan ommaviy tadbirlarni o‘tkazish vaqtida jamoat xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha ichki ishlar organlarini xabardor qilmasdan turib (chora-tadbir belgilash yoki shartnoma tuzmasdan) o‘zboshimchalik bilan ommaviy tadbir o‘tkazish holatlari kuzatilmoqda.
Asos
-O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 29 iyuldagi 205-sonli qarorining 5-bandi “Ruxsatnoma olgunga qadar ommaviy tadbirning tashkilotchisi va boshqa shaxslar ommaviy axborot vositalarida, Internet tarmog‘ida ommaviy tadbirning o‘tkazilishi to‘g‘risida eʼlon berish, reklama materiallarini tarqatish, ommaviy tadbirni o‘tkazish joyi, sanasi va vaqti to‘g‘risidagi maʼlumotlarni boshqa tarzda tarqatish, chiptalar sotilishini amalga oshirish huquqiga ega emasligi, 6-bandi “tadbir tashkilotchilari uni o‘tkazish joyi va vaqti to‘g‘risida ichki ishlar organlarini kamida 10 kun oldin yozma ravishda xabardor qilishi shartligi”;
Shuningdek,
-2024 yil 13 fevraldagi 89/12-sonli qarorning 1-qismi, a-bandi “Ommaviy tadbir tashkilotchisi tomonidan ommaviy tadbir o‘tkazishda fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash va jamoat tartibini saqlashga doir chora-tadbirlar" tadbirning toifasidan kelib chiqqan holda Milliy Gvardiya yoki Ichki ishlar organlari tomonidan pulli xizmat ko‘rsatish asosida amalga oshirilishi belgilab berilgan qaror talablariga to‘liq rioya qilinishi beligilab berilgan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 28 iyundagi “Ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash va jamoat tartibini saqlash bo‘yicha talablarni kuchaytirish to‘g‘risida” gi 360-sonli qarori 1-bandida “Ommaviy tadbirlarga fuqarolarni reklama, aksiya va boshqa maqsadlarda oziq-ovqat, buyumlar hamda boshqa mahsulotlar va tovar-moddiy boyliklarni bepul tarqatish yoki haddan tashqari arzonlashtirilgan narxda sotish orqali jalb qilish taqiqlanganligi” ko‘rsatib o‘tilgan.
Hurmatli fuqarolar!
Yuqorida taʼkidlab o‘tilgan normativ huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilinmagan har bir holatda javobgarlikning muqarrarligi taʼminlanishini aslo unutmang.