27 Aprel 2023 yil 438

O‘qishga kiritishni vaʼda qilgan firibgar endi qonun oldida javob beradi

2019 yilning iyun oyida Shofirkon tumani “Chandir” mahallasida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan Q.F. aldash va ishonchini suiisteʼmol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida, G‘ijduvon tumani “Paxtaobod” mahallasida yashovchi, fuqaro S.N.ga uning o‘g‘li B.Ye. ni oliy taʼlim muassasasiga o‘qishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilib, undan 3.000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olib, olingan pullarni o‘zining shaxsiy manfaatlari yo‘lida sarflab yuborib, jabrlanuvchiga 25.540.710 so‘mlik moddiy zarar etkazgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 1-qismii bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech