G‘ijduvon tumanida o‘z yashash uyining tomorqasida giyohvandlik o‘simligini yetishtirayotgan shaxs fosh etildi
G‘ijduvon tumani Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori-2023” keng qamrovli tezkor hamda profilaktik tadbirlar doirasida olingan tezkor maʼlumot asosida 2023-yilning 10-iyun kuni tumanning “Zarafshon” mahallasida yashovchi 1976-yilda tug‘ilgan A.U. ismli shaxsning yashash xonadoni va yordamchi xo‘jaliklari ko‘zdan kechirilgan.
Natijada, ushbu shaxsning yordamchi xo‘jaligiga qarashli tomarqasida taqiqlangan, tarkibida giyohvandlik vositasi bo‘lgan uch tup “Kannabis” (kanop) o‘simligini qonunga xilof ravishda ekib, parvarishlab kelayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.