23 May 2023 yil 362

Qorako‘l: Olis tumanlar ichki ishlar organlari xodimlarga tizimda yangi qabul qilingan idoraviy hujjatlarning mazmun-mohiyatini yetkazish hamda ularning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirishga qaratilgan sayyor o‘quv yig‘ini tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvar kunidagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 10-sonli Qarori qabul qilingan edi.

Mazkur qaror asosida ichki ishlar organlari xodimlariga tizimda yangi qabul qilingan idoraviy hujjatlarni mazmun-mohiyatini yetkazish hamda ularning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish maqsadida IIV tomonidan joriy yilning 12-may kunidan boshlab barcha hududiy IIO bo‘ylab o‘quv mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.

Jumladan, IIVning tegishli farmoyishi talablari asosida bugun, 23-may kuni Buxoro viloyatining Qorako‘l  madaniyat saroyida tuman IIB hamda Jondor va Olot tumanlari hududiy ichki ishlar organlarining xodimlari ishtirokida sayyor o‘quv yig‘inlari o‘tkazilib, yakunda xodimlarning olgan bilim va ko‘nikmalari darajasini aniqlash maqsadida test sinovlari ham qabul qilindi.

Qizg‘in savol-javoblarga boy tarzda o‘tgan sayyor o‘quv jarayonlarida IIV MMI va KBTD mas'ullari podpolkovnik M. To‘rayev hamda katta leytenant N. Turg‘unovlar tomonidan mavzu yuzasidan ishtirokchilarga batafsil ma'lumotlar va ijrosi bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Text to speech