Qorovulbozor tumanida ham "Probatsiya oyligi" doirasidagi profilaktik tadbirlar qizg‘in davom etmoqda
Qorovulbozor tumanida "Probatsiya oyligi" doirasida yoshlarni qo‘llab quvvatlash, ularning muammolarini hal etishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, joylarda o‘tayotgan rahbar va yoshlar uchrashuvlari yoshlarimizning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda.
Tumanning Imom Buxoriy mahallasida sektor rahbarlari tomonidan Probatsiya hisobida turgan yoshlarning muammo va murojaatlari o‘rganilib, hal etish choralari ko‘rildi.
Bunda, tuman IIB Probatsiya hisobida turuvchi yoshlar bandligini taʼminlash, ularga tomorqa yerlarini ajratib berish, moddiy yordam, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun imtiyozli kreditlar ajratish va boshqa bir qator masalalarga qonuniy yechim topish choralari belgilandi va shu kunning o‘zida ikki nafar yoshlarning bandligi taʼminlandi!
Probatsiya oyligi doirasidagi tadbirlar viloyatning barcha shahar va tumanlarida davom etmoqda.