31 May 2023 yil 1851

O‘yindan o‘t chiqdi: Kogon tumanida futbol o‘yini vaqtida mahalladoshini urib o‘ldirib qo‘ydi

Kogon tumani IIB tomonidan berilgan maʼlumotga ko‘ra, 2023-yil 29-may kuni soat 22:30 larda Kogon tumani “Sorg‘un” mahallasida yashovchi, 2002-yilda tug‘ilgan A.l. ismli shaxs tumanning “B.Naqshband” mahallasi “Kulolon” qishlog‘ida joylashgan “Mini futbol maydonchasida o‘zaro futbol o‘yini vaqtida mahalladoshi, 1996 yilda tug‘ilgan H.O. ismli tanishi bilan janjallashib, janjal vaqtida uning yuz sohasi va tanasining duch kelgan joyiga urib tepib, sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra og‘ir tan jarohati yetkazgan.

Jabrlangan fuqaro H.O. olingan tan jarohati natijasida voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan A.L. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech