13 Aprel 2023 yil
778
O‘z uyida fohishaxona tashkil qilgan ayol ushlandi
Buxoro shaxar Alpomish ko‘chasida yashovchi, S.N. o‘zining yashash xonadonida ikki-uch nafar foxisha qizlarni saqlab, moddiy manfaat evaziga qo‘shmachilik qilib, uyida fohishaxona tashkil qilib kelgan.
2023 yil 5 aprel kuni olingan tezkor maʼlumot asosida o‘tkazilgan tekshiruv davomida, S.N. o‘zining yashash uyida O‘.M. va Sh.X. ismli qizlarni boshqa erkaklar bilan jinsiy aloqa qilishga sharoit yaratib berganligi uchun jami 450.000 so‘m miqdoridagi pullarni olib fohishaxona tashkil qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.