O‘z uyida fohishaxona tashkil qilgan nafaqaxo‘r erkak fosh etildi.
2023 yil 13 aprel kuni soat 12:30 larda Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan «Buxoro viloyati hududida fohishaxona saqlash borasidagi holatlarni oldini olish va unga qarshi kurash» tadbiri davomida Buxoro tumanida yashovchi, 1959 yilda tug‘ilgan Ya.M. ismli naqaxo‘r erkak fohishaxona tashkil etish yo‘li bilan tekin daromad ortirish maqsadida qasddan jinoyat sodir qilish yo‘liga o‘tib, o‘zi yashab kelayotgan tumanning “Rabotiqalmoq” mahallasida joylashgan yashash xonadonida bir erkak va ayolning jinsiy aloqada bo‘lishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berib, evaziga 100.000 so‘m miqdoridagi pullarni olib, fohishaxona saqlash jinoyatini sodir qilganli aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.