27 Fevral 2023 yil 651

O‘z uyida fohishaxona tashkil qilgan vobkentlik shaxs ushlandi

Viloyat hududi bo‘ylab olib borilayotgan keng qamrovli “Xavfsiz hudud” tadbirlari davomida Vobkent tumani Kumushkent mahallasida yashovchi, 1946 yilda tug‘ilgan nafaqadagi shaxs 2023 yil 18 fevral kuni yashash uyida bir erkak va ayolni jinsiy aloqada bo‘lishlari uchun alohida xona ajratib, sharoit yaratib berib, evaziga 50.000 so‘m pullarni olib, fohishaxona tashkil qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech