19 May 2023 yil 560

O‘z uyida fohishaxona tashkil qilgan yana bir ayol fosh etildi

2023 yil 13 may kuni soat 12:20 larda Buxoro viloyati hududida "Fohishaxona saqlash bilan bog‘liq jinoyatlarni oldin olish" borasida olib borilgan tezkor tadbirlar davomida Buxoro shahar "b.Naqshband" mahallasida yashovchi, 1974 yilda tug‘ilgan K.D. o‘zi yashab kelayotgan uyida bir erkak va ayollarning jinsiy aloqa qilishlari uchun alohida xona ajratib shart- sharoit yaratib berib, buning evaziga 60.000 so‘m pullarni olib, fohishaxona tashkil qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech