O‘z uyida qimorxona tashkil qilgan g‘ijduvonlik shaxslar fosh etildi
2023 yil 2 aprel kuni soat taxminan 01:30 larda G‘ijduvon tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, tumanning “Sarvari” mahallasida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan H.F. shu qishloqda yashovchi jiyani 1998 yilda tug‘ilgan R.O. bilan oldindan til biriktirib, o‘z yashash xonadonida 7 nafar fuqarolarni yig‘ib, moddiy manfaat ko‘rish evaziga qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yin tashkil qilganligi aniqlangan.
Tezkor tadbir davomida qimor o‘yini o‘tkazilayotgan joydan jami 1.846.000 so‘m pullar hamda “DBK” yozuvlari tushurilgan 2 dona qutida bo‘lgan qimor o‘ynash uchun mo‘ljallangan kartalar tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 278-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.