20 Fevral 2023 yil
607
O‘z xonadonida fohishaxona tashkil qilgan ayol ushlandi
Joriy yilning 10 fevral kuni taxminan soat 15:00 larda Buxoro shahar IIO FMB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan «Hududlarda fohishaxona saqlash borasidagi holatlarni oldini olish va unga qarshi kurashish» tadbiri davomida 1985 yilda tug‘ilgan H.o. ismli ayol o‘zi istiqomat qiladigan Buxoro shahar Piridastgir ko‘chasida joylashgan uyida bir erkak va ayolning jinsiy aloqa qilishi uchun sharoit yaratib berib, buning evaziga ulardan 150.000 so‘m naqd pul olib, fohishaxona tashkil etgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.