23 Dekabr 2022 yil 669

O‘zaro hamkorlik – ish samaradorligining asosi

Joriy yilning 22-dekabr kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida ichki ishlar organlarida xizmat qilib kelayotgan ayol xodimalar ishtirokida boshqa davlat idora va tashkilotlari bilan hamkorlikda samarali ish olib borishni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.

Bunda, viloyat Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan 70 ga yaqin ayol xodimalar, ichki ishlar hamda viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmalari masʼullari, O‘zbekiston Respublikasi Senat aʼzolari ishtirok etdi.

Uchrashuvni viloyat IIB Maʼnaviy maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshlig‘ining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – viloyat IIB Xotin-qizlar kengashi raisi podpolkovnik Shaxnoza Safarova ochib berib, dastlab, ichki ishlar organlarida faoliyat olib borayotgan xodimalarining turli davlat idoralari va tashkilotlar bilan hamkorlikdagi ishlari, yutuq va kamchiliklar yuzasidan so‘z yuritdi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Senati aʼzosi, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha (Ombudsman) Buxoro mintaqaviy vakili, professor Abera Xuseynova tomonidan davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga va O‘zbekiston fuqarolariga yo‘llagan murojaatnomasida bildirilgan fikr-mulohazalar birma-bir tushuntirildi.

Shuningdek, viloyat hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Feruza Ibragimova so‘z olib, “Buxoro viloyati IIB hamda viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasining hamkorlikdagi ishlari, yutuq va kamchiliklari sanab o‘tildi.

Yakunda Buxoro Muhandislik texnologiya instituti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, falsafa fanlari doktori, professor Gulandom Yunusova ham so‘z olib, “Oila — muqaddas qo‘rg‘on”, “Hayo iymondandir” va “Ayol latofati, nafosati, ibo-hayosi va mehr-muhabbati bilan dunyo bo‘lib yaralgandir” kabi mavzularda maʼruzalar qildi.

Text to speech