O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Davron Nazarmuxamedov Buxoro viloyatidagi o‘rganishlari davomida xodimlar va ularning oila aʼzolariga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati hamda yoshlarining taʼlim tarbiya olishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan ham tanishdi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig‘iga asosan Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari — Maʼnaviy - maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti boshlig‘i general-mayor Davron Nazarmuxamedov boshchiligidagi ishchi guruh Buxoro viloyatida o‘rganishlar olib bordi.
Vazir o‘rinbosari boshchiligidagi ishchi guruhning navbatdagi manzili Jondor tumani bo‘ldi.
Hududiy ichki ishlar organida bo‘lgan vazir o‘rinbosari avvalo, maʼmuriy binoda xodimlar va aholiga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, mavjud muammolarga eʼtibor qaratdi.
O‘rganish davomida tumanda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha olib borilgan ishlar, jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishiga sabab bo‘layotgan omillar birma bir tahlil qilindi.
Jarayonda sodir etilgan har bir jinoyatga sabab bo‘lgan omillar ilmiy yondashuv asosida chuqur tahlil qilinib, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olinib, aniqlangan kamchiliklardan zudlik bilan xulosa chiqargan holda aniq muddatlari belgilangan, manzilli chora-tadbirlarni belgilash zarurligi ham taʼkidlandi.
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Davron Nazarmuxamedovning keyingi yo‘nalishi Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Davolash profilaktika muassasalari Tibbiyot bo‘limi gospitaliga tashrif buyurish bilan davom etdi.
Vazir o‘rinbosari gospitalda xodimlar va ularning oila aʼzolariga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini o‘rganib, bugungi kunda ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila aʼzolari salomatligini taʼminlash eng ustuvor vazifa ekanligini alohida taʼkidladi.
Ichki ishlar vazirligi Buxoro Akademik litseyida bo‘lgan vazir o‘rinbosari o‘quvchi yoshlar va o‘qituvchi xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, taʼlim jarayonida qo‘llanilayotgan yangi innovatsion loyihalar bilan ham yaqindan tanishdi.
Jarayonda mamlakatimiz ertangi egalari hisoblanmish yoshlarning taʼlim-tarbiyasi bugunning eng muhim masalasi ekanligi taʼkidlanib, ularga yetarli imkoniyatlarni yaratib berish kerakligi borasida topshiriqlar berildi.