O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Davron Nazarmuxamedov ichki ishlar organlari xizmatiga qabul qilingan nomzodlar bilan uchrashuv o‘tkazdi
Bugun, 19 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari — Maʼnaviy - maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti boshlig‘i general-mayor Davron Nazarmuxamedov hamda Buxoro viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimovlar viloyat ichki ishlar organlarining bo‘sh ofitserlik hamda safdorlik lavozimlariga yangidan qabul qilingan nomzodlar hamda ularning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda vizir o‘rinbosari mamlakatimizda fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jamoat tartibini saqlash, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasi bo‘yicha respublikada yaxlit huquqiy tizim yaratilib, unda ichki ishlar organlari xodimlari muhim o‘rin egallashini alohida taʼkidladi.
Har bir ichki ishlar organlari xodimining jismonan sog‘lom, jangovar shay, yuksak bilim, keng dunyoqarashga ega bo‘lishi, "Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish oliy burchimiz" degan konseptual g‘oya asosida o‘z faoliyatini olib borishi, qonuniylikka, xizmat intizomiga rioya qilishi, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala bo‘lishi “Yangi O‘zbekiston - yangi ichki ishlar organlari” tizimini shakllantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilishi aytildi.
Shuningdek, uchrashuvda IIO faoliyatiga oid chiqarilayotgan yangi qonun, qaror, farmon, meʼyoriy hujjatlarning mazmun mohiyati, xodimlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar xususida ham batafsil maʼlumotlar berildi.
Tadbir so‘ngida ichki ishlar organlari xizmatiga qabul qilingan yosh xodimlarning kelgusi faoliyatlariga omad va zafarlar tilandi.