O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Farrux Yusupov boshchiligida Buxoro shahri hamda tumani shaxsiy tarkibi o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikka rioya qilinishi hamda korrupsion holatlarni oldini olish yuzasidan tahliliy-tanqidiy muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.
Dastlab, yig‘ilishda xodimlar orasida xizmat faoliyati davomida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan, ular ishtirokida aniqlangan salbiy holatlar o‘qib eshittirilib, qonuniylikka rioya etish borasida tegishli ogohlantirishlar berildi.
Shuningdek, korrupsiya va uning oqibatlari, vujudga kelish tarixi, bugungi xalqaro jamoatchilikning korrupsiyaga qarshi faoliyati va O‘zbekistonda korrupsiyani oldini olish, xalq manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan islohotlar to‘g‘risida batafsil maʼlumotlar taqdim etildi.
Yig‘ilish so‘nggida, shaxsiy tarkibga bugungi muhokamadan kerakli xulosani chiqarib, samarali va natijali ishni tashkil etish hududlarda sodir etilayotgan jinoyatlar salmog‘ini kamaytirish, xizmatga sovuqqonlik bilan qaramaslik, poraxo‘rlik va taʼmagirlik hamda korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, vakolatdan chetga chiqmaslik, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala bo‘lish borasida tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Bu kabi muhokama yig‘ilishlari viloyatning barcha shahar va tumanlarida davom ettirilmoqda.