2 Mart 2023 yil 414

O‘zbekiston Respublikasi IIV Buxoro akademik litseyida Buxoro viloyati IIB Ekspert-kriminalistika bo‘limi hamkorligida ilmiy amaliy ko‘rgazma tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 fevraldagi “Ichki ishlar organlarining ekspert-kriminalistika faoliyatini zamonaviy ilm-fan yutuqlarini keng joriy etgan holda yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori tegishli bandi hamda Ichki ishlar Vaziri o‘rinbosari polkovnik Ya.Abdulxakovning 2022 yil 05 mart kunidagi ko‘rsatmasi ijrosini taʼminlash maqsadida IIV Buxoro akademik litseyi o‘quv jarayonlarida kriminalistika fanidan o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarini o‘tkazish bo‘yicha rejaga muvofiq Buxoro viloyati IIB Ekspert-kriminalistika bo‘limi hamkorligida ilmiy amaliy ko‘rgazma tashkil etildi.

Dastlab litsey o‘quvchilariga “Kriminalistik ballistika va uning vazifalari, kriminalistik ballistikaning obyektlari to‘g‘risidagi maʼlumotlar, o‘qotar qurollar va o‘q dorilar, hodisa joyida o‘q otish izlarini to‘plash, qurol va o‘q izlarini ko‘zdan kechirish, qyd qilish va dastlabki tadqiqotlar o‘tkazish, portlash tasnifi, portlovchi moddalar, portlatish moslamalari va obyektlarini izlash, topish, qayd etish hamda portlash texnik ekspertizasini tayinlash” mavzularida amaliy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Buxoro akademik litseyi o‘quvchilarining kasbga bo‘lgan sadoqati va qiziqishlarini oshirish maqsadida Ekspert-kriminalistika xizmatida mavjud harakatlanuvchi mobil kriminalistik laboratoriya va unda mavjud texnika vositalar namoyishi o‘tkazilib, laboratoriyaning imkoniyatlari va samaradorligi haqida tushunchalar berildi.

Shuningdek jinoyat sodir etilgan joyni ko‘zdan kechirish, ashyoviy dalillarni topish, qayd etish, olish, qadoqlash va tergov organlariga taqdim etish tartibi yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Taqdimotda viloyat hozirgi kunda Ekspert-kriminalistika markazida o‘tkazilayotgan ekspertiza turlari, ekspertiza o‘tkazish uchun asoslar, ekspertizaga taqdim etiladigan obyektlar haqida so‘z yuritilib, jinoyat va hodisa joylaridan olingan va jinoyatlarni fosh  etishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan o‘q otish izlarini to‘plash, qurol va o‘q izlarini ko‘zdan kechirish, qayd qilish va dastlabki tadqiqotlar o‘tkazish, portlash tasnifi, portlovchi moddalar, portlatish moslamalari va obyektlarini izlash, topish, qayd etish hamda portlash texnik ekspertizasini tayinlash to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Tadbir davomida o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.

Text to speech