25 Iyun 2022 yil 837

O‘zbekiston Respublikasi IIVning Buxoro akademik litseyi bitiruvchilariga diplomlar topshirildi

Bugun, 25-iyun kuni Buxoro shahrida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi IIVning Buxoro akademik litseyi Saf maydonida bitiruvchilarga diplom topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati, ichki ishlar organlarining faxriylari, akademik litsey o‘qituvchilari va bitiruvchilarning ota-onalari ishtirok etdi.

Tantanali tadbirni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik Shuxrat Aliyev oshib berdi va bitiruvchilarni tabriklab, ularning oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga kirishida zafarlar tiladi.

Joriy yilda akademik litseyni tomomlayotgan jami 384 nafar o‘quvchilarga diplomlar topshirildi va bitiruvchilar orasida o‘qishni aʼlo baholarga o‘qib, o‘rnak ko‘rsatgan 29 nafar o‘g‘il va qizga aʼlo darajadagi diplom va sertifikatlar berildi.

Shuningdek, o‘qish davomida fanlarni yaxshi o‘zlashtirib tengdoshlariga namuna bo‘lgan, sport musobaqalarida yuqori natijaga erishgan bitiruvchilarga hamda ularning ustozlariga va ota-onalari ham viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan munosib taqdirlandi.

Text to speech