O‘zganing xonadoniga o‘g‘irlikka tushgan farg‘onalik shaxs qo‘lga olindi
Joriy yilning 14-iyul kunidan 15-iyuliga o‘tar kechasi nomaʼlum shaxs o‘zganing mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida G‘ijduvon tumani “Biyosin” mahallasida yashovchi boshqa bir fuqaroning yashash xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, xonadonda bo‘lgan bir dona bahosi 2.5 mln so‘m bo‘lgan “Samsung- A30” rusumli uyali aloqa vositasi hamda bir dona bahosi 11.800.000 so‘mlik “ASER” rusumli noutbukni yashirin ravishda o‘g‘irlab, jabrlanuvchiga jami 14.3 mln so‘mlik zarar yetkazib, hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tezkor-texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Farg‘ona viloyati Quva tumani “Tinchlik” mahallsida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan V.O. ismli shaxs sodir qilganligi aniqlangan.
Hozirda ushbu shaxsning boshqa xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.