27 Aprel 2023 yil
432
O‘ziga tegishli bo‘lmagan savdo do‘konini 50.800 AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi
Buxoro shahar “J.Ikromiy” mahallasida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan Q.O. Buxoro shahar “Istiqlol” mahallasida yashovchi, T.R. va “Guliston” mahallasida yashovchi 1987 yilda tug‘ilgan S.Sh. ismli ayollarga o‘zini aslida faoliyati tugatilgan “Shuxrat Baraka Ramzan” MCHJ rahbari hamda “Mansurov Alisher” deb tanishtirib, ularga go‘yoki noturar joyni (savdo do‘koni) sotishni vaʼda qilib, soxta shartnoma hamda soxta pasport nusxasini taqdim qilish yo‘li bilan ularning ishonchiga kirib, jabrlanuvchilardan jami 50.800 AQSH dollarini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritishga erishgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.