15 Avgust 2022 yil 605

Paxta yig‘im-terimi mavsumi oldidan traktor tirkamalari ko‘rikdan o‘tkazilmoqda

Xabaringiz bor, bugungi kunda paxta hosilini parvarishlash ishlari avj pallaga kirgan bo‘lib, mirishkor dehqonlarimiz tomonidan ko‘lamli agrotexnik tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Mavsum arafasida paxta hosilini hech qanday talofatsiz, xavfsiz ravishda qabul punktlariga yetkazish galdagi vazifalardan biri hisoblanadi.

Shu boisdan Buxoro viloyati hokimining topshirig‘i va sektor rahbarlarining nazorati ostida barcha paxta hosilini tashishga mo‘ljallangan traktor tirkamalari paxta qabul qilish punktlariga yig‘ilgan holda ko‘rikdan o‘tkazilib, kapital taʼmirdan chiqarilmoqda. Bunda ichki ishlar organlari xodimlari alohida jonbozlik ko‘rsatishmoqda.

Joriy yilning 15-avgust kuni Olot va Qorako‘l tumanlariga borgan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev, tegishli mutasaddilar bilan birgalikda mazkur jarayonlarni yaqindan o‘rgandilar.

Bunda, paxta hosilini tashish uchun mo‘ljallangan traktor tirkamalarining taʼmirdan chiqarilishi, usta va zaruriy ehtiyot qismlarning mavjudligi, ehtiyot qismlarini yetkazib berish bilan bog‘liq mavjud muammolarni o‘rganib, mutasaddilarga qator tavsiya, ko‘rsatma va topshiriqlar berdilar.

Text to speech