10 Iyun 2022 yil 529

“Payshanba – huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan Qorovulbozor tumanida targ‘ibot tadbirlari olib borildi

Qorovulbozor tumanida aholi orasida jinoyatchilik va huquqbuzarligini barvaqt oldini olish maqsadida “Payshanba – huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan profilaktika inspektorlari va keng jamoatchilik vakillaridan iborat ishchi guruhlar tuzilib, fuqarolar o‘rtasida profilaktik targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borildi. Har bir hududda jinoyatchilikka qarshi keskin kurashish va uning mexanizmlari aniq misollar bilan tushuntirildi.

Voyaga yetmaganlarning nazoratsizligi yoki qarovsizligi oqibatida uning hayoti yoki sog‘lig‘i uchun xavf tug‘diradigan yoxud ularning g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etishini oldini olish, bunda ota-onalar va keng jamoatchilik vakillarining o‘rni va rolini oshirish, o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish borasida manzilli ishlar amalga oshirildi.

Tuman 3-sektor rahbari, IIB boshlig‘i F.Vafayev tomonidan mahallalarda yashovchi “Yoshlar” va “Ayollar” daftarlariga kiritilgan fuqarolar bilan sayyor qabullar o’tkazib, ularning mavjud muammolarini bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab, nazoratga olindi.

Shuningdek, mahallalar vakillari va faollari ishtirokida mahalla hududida yashovchi notinch oilalar holidan xabar olinib, jinoyat sodir etilishining oldini olish bo‘yicha yakka tartibdagi profilaktik ishlar olib borilib, oilalarning muammolari hal etildi.

Maʼmuriy hududda yashovchi ov quroliga ega bo‘lgan shaxslarning qurollari birma-bir ko‘zdan kechirilib, qurol egalari bilan profilaktik tushuntirish ishlari ham olib borildi.

Fuqarolarga o‘g‘irlik, firibgarlik, kiber jinoyatchilik hamda oilaviy nizolar natijasida kelib chiqadigan jinoyatlarni oldini olish, ushbu jinoyatlarning qurboniga aylanib qolmaslik choralari belgilangan maxsus bukletlar tarqatildi.

Text to speech