11 May 2023 yil 368

“Payshanba — Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari boshchiligidagi ishchi guruh G‘ijduvon tumanida navbatdagi profilaktik targ‘ibot tadbirlarini olib bordi

Buxoro viloyati IIB masʼullari tomonidan hududlarda yoshlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishining barvaqt oldini olish maqsadida bir qator profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, bugun 11-may kuni “Payshanba — Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan viloyat IIB JXX masʼullaridan iborat ishchi guruh tomonidan 3-sektor hududiga qarashli G‘ijduvon tumanida qator mutasaddilar ishtirokida navbatdagi profilaktik uchrashuvlar tashkil etildi.

Shu kuni tumanning 1 va 60-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktablarida taʼlim maskanlari rahbarlari, ularning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, o‘qituvchi va o‘quvchi yoshlar ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari — JXX boshlig‘i podpolkovnik Jonibek Boltayev tomonidan yoshlar, ayniqsa voyaga yetmaganlar o‘rtasidagi ko‘ngilsiz hodisalar, huquqbuzarlik va jinoyatlar, shuningdek ular ishtirokida o‘g‘rilik, firibgarlik kabi salbiy illatlarning ildiz otishini oldini olishda mahalla faollarining roli muhimligi hamda bu borada tegishli chora-tadbirlarni uzviy hamkorlikda amalga oshirish zarurligi taʼkidlab o‘tildi.

Shuningdek, tuman tibbiyot texnikumida ham soha vakillari ishtirokida profilaktik targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuvlarda yoshlar, ayniqsa voyaga yetmaganlar ishtirokida sodir etilgan bir qator salbiy holatlar tafsilotlari birma-bir bayon qilinib, qonunbuzarliklarning og‘ir oqibatlari tushuntirildi.

Targ‘ibot-tashviqot tadbirlarida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javob olib, ularga huquqiy maslahatlar berildi.

Text to speech