Peshku tumani Ichki ishlar bo‘limida faoliyat olib borayotgan profilaktika inspektorlarining huquqiy va kasbiy bilim ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan sayyor o‘quv seminar mashg‘ulotlari o‘tkazildi
O‘quv seminarlarida dastlab xodimlarga sohaga oid Qonun, Prezident qaror va Farmonlari, Ichki ishlar vazirligining buyruqlari mazmun mohiyati tushuntirildi.
Shuningdek, Ichki ishlar organlarida jinoyat va hodisalarga oid arizalar, xabarlar hamda boshqa maʼlumotlarni ko‘rib chiqishning huquqiy asoslari va tartibi, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonun, profilaktika inspektorlari tomonidan jinoyat haqidagi ariza va xabarlar yuzasidan olib borilayotgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar, xususida batafsil tushunchalar berilmoqda.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi qonun va qonun osti hujjatlariga kiritilgan oxirgi o‘zgartirish va qo‘shimchalarning mazmuni va mohiyati, ochiqlik sharoitida xizmatni qanday olib borish, ichki ishlar organlari va jamoatchilik nazorati subyektlarining o‘zaro hamkorligi qanday bo‘lishi kerakligi, axborot tarqatish jarayonida qanday huquq va majburiyatlar mavjudligi, xususida ham atroflicha tushuntirishlar berildi.
Maʼlumot o‘rnida, profilaktika inspektorlarining huquqiy va kasbiy tayyorgarligini oshirishga qaratilgan o‘quv-amaliy kurslari yakuni bo‘yicha test imtihonlari qabul qilib, xodimlarning egallagan bilim va ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi.