Peshku tumanida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli manzilli hamda tezkor profilaktik tadbirlar samaradorligi joyiga chiqib o‘rganildi
Xabaringiz bor, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i boshchiligidagi masʼullar bevosita hududlarda bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvar kunidagi "2025 yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish ва huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi Qarori ijrosini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni joyiga chiqib o‘rganmoqda.
Kompleks o‘rganishlar Peshku tumanida ham o‘tkazilib, ish samaradorligini oshirishga doir chora tadbirlar belgilab olindi.
Dastlab, tumanning "Chig‘irchi" mahallasida PQ-1-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Obod ва xavfsiz mahalla» tamoyili asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktika tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 801-sonli Qarorlari talablari asosida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlarning natijadorligi, mavjud muammolar hamda yo‘l qo‘yib kelinayotgan tizimli kamchiliklar birma-bir muhokama qilindi.
Shundan so‘ng Yangibozor mahallasida "Namunali xavfsiz ko‘cha” ва “Namunali xavfsiz yo‘lak” loyihalari joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.
Jarayonda mahallaning belgilab olingan nuqtalariga intellektual videokuzatuv kameralarini o‘rnatib "Tezkor boshqaruv Markazi"ga integratsiya qilish, ijtimoiy hamda maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari ва xonadonlarni qo‘riqlovga olish ва tashvish signallarini o‘rnatish borasida olib borilgan ishlar ham o‘rganildi.
O‘rganishlar yakunida tezkor yig‘ilish o‘tkazildi. Bunda joriy yilning 22-29 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ishchi guruhi tomonidan Buxoro viloyatida olib borilgan kompleks inspektorlik tekshiruvi yakunlari yuzasidan o‘tkazilgan yakuniy yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosi muhokama qilindi.
Tanqidiy-tahliliy, yuzma-yuz ochiq muloqot tarzida o‘tgan yig‘ilishda, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan sohaviy xizmatlar masʼullarining amalga oshirgan ishlari bo‘yicha hisobotlari tinglandi.
Jarayonda, tumanda joriy yilning bugungi kuniga qadar qayd etilgan huquqbuzarlik hamda jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, omil bo‘lgan shart sharoitlar, jinoyatlarning turlari, sodir etgan shaxslarning toifalari kesimida chuqur tahlil qilinib, galdagi vazifalar belgilab berildi.
Shu bilan birga, Ichki ishlar vazirining alohida Farmoyishi asosida Respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan "Xavfsiz ва sog‘lom yurt" hamda "Qoradori - 2025" keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirlari doirasida Peshku tumanida amalga oshirilgan ishlar ва natijalar ham birma-bir ko‘rib chiqildi.
Yakunda, salbiy natijalar qayd etgan 6 nafar xodimlarga intizomiy choralarini qo‘llash, 6 nafar yuqori natijaga erishgan xodimlarni rag‘batlantirish , bir nafar xodimning amaldagi intizomiy jazosini muddatidan oldin yechish to‘g‘risida qarorlar qabul qilindi hamda shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat ва ijro intizomini mustahkamlash, qonunbuzarliklarni oldini olishga doir profilaktik ogohlantiruv ва tushuntirish ishlari ham olib borilib, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan intizom buzish holatlari aniq misollarda ular eʼtiboriga yetkazildi.
O‘rganish ва yakuniy yig‘ilish davomida aniqlangan har bir masala hamda muammolarni bartaraf etish yuzasidan masʼul rahbarlarga manzilli topshiriqlar berilib ijrosi alohida nazoratga olindi.
Bu kabi o‘rganishlar viloyatning boshqa shahar ва tumanlarida ham izchillik bilan davom etmoqda.