9 Yanvar 2025 yil 1718

Peshku tumanining Navgahon mahallasida jinoyatchilikning "mahallabay" muhokamasi o‘tkazildi

Muhokamada viloyat prokurori o‘rinbosari Aliakbar Pulatov, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Bahodirxo‘ja Sharipov, viloyat hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Hafiza Artikova, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha viloyat hamda hududiy idoralararo komissiyasiga aʼzo tashkilotlar mutasaddilari, hamda mahalla “yettiligi” vakillari ishtirok etishdi.

Sodir etilgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, unga omil bo‘lgan shart-sharoitlar birma-bir tahlil qilinib, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan so‘z yuritildi.

Mahallada kelgusida jinoyatchilikning oldini olish maqsadida, "xonadonbay", "oilabay" va "fuqarobay" tizim, “Xavfsiz hovli” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlarni yana-da kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidlandi.

Bundan tashqari, mahalladagi oila turmush doirasidagi muammolarni o‘z vaqtida hal qilish, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollariga aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami bilan tizimli ish olib borish kerakligi to‘g‘risida topshiriqlar berildi.

Text to speech